Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti: Ukrainadagi mojaro davomida 68 nafar bola halok bo‘lgan
Ukraina sharqida 2014 yilning aprelidan boshlangan to‘qnashuvlar davomida kamida 68 nafar bola halok bo‘lgan, 183 nafari jarohat olgan.
Bunday ma'lumotlarni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Tarik Yazarevich keltirib o‘tdi.
“24 iyul holatiga ko‘ra, kamida 68 nafar bola halok bo‘lgan, 183 nafari jarohatlangan”, deb ma'lumot berdi Yazarevich.
“Umumiy holda 2014 yil aprel oyi o‘rtasidan 2015 yilning 24 iyuligacha Ukraina sharqidagi to‘qnashuvlar hududida 6 ming 829 kishi o‘ldirilgan va 17 ming 64 nafari jarohat olgan”, deb aytmoqda Yazarevich.