Jamiyat | 14:35 / 30.07.2015
3395
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Sberbank binosi oldida otishma sodir bo‘ldi

Moskva shahrining janubi-g‘arbida sodir bo‘lgan otishma natijasida ikki kishi og‘ir yaralandi, deb xabar beradi Life News.
Aytilishicha, qurolli ixtilof Sberbank binosining kirishida sodir bo‘lgan.
“Bank muassasalaridan biriga kirishda noma'lum shaxslar o‘t ochgan. Bank xodimlari ichkaridan qulflanib olishgan. Ikki yarador ostonada yotibdi, ular harakatlanmayapti”, – deydi guvohlardan biri.
Voqea joyiga politsiya xodimlari chaqirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish