12:13 / 30.07.2015
8511

O‘zbekistondan o‘tayotgan tojikistonliklar noutbukidan “Hizb ut-tahrir” materiallari chiqdi

Qashqadaryoning Nishon tumanida Moskva-Dushanbe poyezdi yo‘lovchilari tekshirilganda, Tojikiston fuqarosi Sh. Haydarov qo‘lga olindi. Bu haqda 12news.uz xabar berdi.

Yuklarning deklaratsiyaga mosligi ko‘rib chiqilayotgan paytda bojxonachilar uning noutbukini tekshirdilar. Unda “Hizb ut-tahrir” ekstremistik guruhi tomonidan tayyorlangan, fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi videomateriallar hamda diniy mazmundagi 150ta audiofayl borligi aniqlandi. Aniqlanishicha, u O‘zbekiston hududi orqali bu materiallarni Tojikistonga olib o‘tishga harakat qilgan.

Uning hamrohi X. Beknazarovning noutbukida ham 152ta diniy mazmundagi audiofayl va ko‘plab videomateriallar borligini aniqlandi.

Ish Nishon tuman jinoiy ishlar bo‘yicha sudida ko‘rib chiqilib, ikki tojikistonlik 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top