Jahon | 11:51 / 30.07.2015
3258
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston tog‘laridagi daryoga cho‘kib ketgan polshalik sayyohning jasadi qidirilmoqda

Qirg‘izistonning tog‘li hududidagi daryolardan birida Polshadan tashrif buyurgan sayyoh suvga cho‘kib ketgan. Bu haqda mamlakat FVVga asoslangan holda TASS nashri xabar berdi.

Xabar qilinishicha, bu voqea Botkent viloyatidagi Qadamjo tumani hududida ro‘y bergan.

"Polshaning 36 yoshli fuqarosi Mikolay Lanetskiy Shelpk Isfayram daryosida kuchli oqimga duch kelib, halok bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Qutqaruvchilarning bergan ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda ro‘y berayotgan issiq harorat tog‘lardagi muzlarning ko‘p miqdorda erishiga va daryolarda suv ko‘payishiga olib kelmoqda. Natijada, sayyohning tanasini qidirish ishlari qiyinlashgan.

"Sayyohning jasadini qidirish ishlariga respublikda FVVning Qizil-Qiyadagi bo‘linmasidan 6 nafar xodim jalb etilgan. Hozircha natija yo‘q", deb ma'lum qilinadi FVV matbuot xizmatida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish