15:17 / 30.07.2015
6389

Qodirov o‘ziga uyushtirilgan suiqasdlar haqida gapirishdan xijolat bo‘lishini aytdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov unga nisbatan ko‘plab suiqasdlar tayyorlanayotganini, ammo bu haqda ko‘p gapirmasligini aytdi.
“Suiqasdlar juda ko‘p bo‘lgan, men shunchaki bu haqda gapirmayman, xijolat bo‘laman”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
“Bir necha oy muqaddam Chernorecheda, – so‘zida davom etdi u. – To‘rt oy oldin. Men obektni har safar tekshirardim. U yerda quvur bor. Quvurni minalashtirishibdi. U yerda maydoncha bor edi, men har kuni qarardim, Grozniy dengizi atrofidagi investitsion maydoncha. O‘sha yerda minalashtirishibdi”.
Uning aytishicha, bu suiqasdni Xamzat Bityukayev boshchiligidagi jangarilar guruhi uyushtirgan.

Top