Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 07:30 / 30.07.2015
3205
1 daqiqa o‘qiladi
Ronaldu o‘z agenti Mendeshning to‘yida kuyov jo‘ralik qiladi
"Real" futbolchisi Krishtianu Ronaldu o‘z agenti va do‘sti Jorj Mendeshning nikoh to‘yida kuyov jo‘ra bo‘ladi. Bu haqda Jornal de Notícias nashri xabar berdi.
Xabarda Mendesh va Sandra Barbozaning nikoh marosimi 2 avgust kuni Portu shahrida o‘tkazilishi aytilgan.
Ushbu marosimga taklif etilgan 300 nafardan ortiq mehmon orasida Mendesh bilan birga ishlovchi boshqa futbolchilar, "Real"ning portugaliyalik a'zolari Pepe hamda Fabiu Koentrau ham bor. Marosim Portugaliyadagi eng yirik muzeylardan biri hududida o‘tkaziladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish