Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Vladimir viloyati hukumati 14 yoshli homilador qizlarga turmushga chiqishni taqiqlab qo‘ydi
Rossiyaning Vladimir viloyati deputatlari 14 yoshlilarga turmush qurishga ruxsat beruvchi qonunni bekor qildi, deb xabar bermoqda viloyat qonun chiqaruvchi organi matbuot xizmati.
“1997 yildan beri viloyatda 14 yoshli yoshlarga ba'zi vaziyatlarda turmush qurishga ruxsat beruvchi qonun me'yori bor edi. Bunday vaziyat homiladorlik hisoblanardi. Deputatlar turmushga chiqish yoshini 16 yoshga ko‘tarish maqsadga muvofiq deb topishdi”, deyilmoqda xabarda.
Deputatlar 14 yoshli er-xotinlar o‘zlarining maqomlari, rivojlanishi, ma'lumotga egaligi va kasbiy malakalari sababli birgalikda to‘laqonli xo‘jalik yuritish va bolalarni tarbiyalashga qodir emaslar, degan qarorga keldilar.
Ayni paytda Rossiyaning quyidagi sub'yektlarida 16 yoshgacha turmush qurish imkoni qonun tomonidan ko‘zda tutilgan: Rostov, Moskva, Vologda, Vladimir, Samara, Kaluga, Tula viloyatlarida 14 yoshdan, Tver, Murmansk, Ryazan viloyatlarida 15 yoshdan, Novgorod, Orlov viloyatlari va Boshqirdistonda cheklovsiz turmush qurishga ruxsat berilgan.