Jahon | 01:20 / 30.07.2015
3363
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyada Ukraina orqali olib o‘tilgan 333 kg geroin ushlandi

Ruminiyada G‘arbiy Yevropaga yo‘l olayotgan, 333 kg geroin ortilgan ikkita yuk mashinasi ushlandi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

29 iyul kuni biri Vengriyaga, ikkinchisi Transilvaniyadagi Bistritsa shahriga ketayotgan yuk mashinasida ushub geroin moddasi aniqlandi. Giyohvand moddalar itlar topa olmasligi uchun garmdori bilan niqoblab qo‘yilgan.

Ushbu holat yuzasidan Turkiya va Ruminiyaning ikki nafardan fuqarosi qo‘lga olindi. Mahalliy politsiya boshlig‘i Klaudiu Kukuning ma'lum qilishicha, ular 2011 yildan beri kuzatuv ostida bo‘lganlar.

Geroin Afg‘onistonda ishlab chiqarilganligi taxmin qilinmoqda va Turkiya, Ukraina va Ruminiya orqali olib o‘tilgan. Giyohvand moddalar yetkazilishi kerak bo‘lgan oxirgi manzil Niderlandiya bo‘lgan, u yerdan esa ushbu og‘u butun Yevropa bo‘ylab tarqatilishi kerak bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish