Jahon | 13:05 / 30.07.2015
2272
1 daqiqa o‘qiladi

Samanta Pauer: veto halok bo‘lganlarga nisbatan adolat o‘rnatilishini rad qilmaydi

Rossiya tomonidan Ukrainada urib tushirilgan Boeing samolyoti halokati bo‘yicha xalqaro tribunal tashkil etilishi loyihasiga qo‘yilgan veto (taqiq) halok bo‘lganlarning oilalariga nisbatan adolat qaror topishini rad qilmaydi. Bu haqda AQShning BMTdagi vakili Samanta Pauer bayonot berdi.
“Bugungi veto halok bo‘lganlarning oilalariga nisbatan adolat o‘rnatilishini rad qilmaydi. Bortida 298 kishi bo‘lgan samolyotni urib tushirganlar jazosiz qolmaydi”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning BMTdagi vakili Vitaliy Churkin taqiqni bir qancha masalalarning noaniqligi bilan tushuntirdi. Jumladan, nega fuqarolik samolyoti ixtilof zonasi ustidan uchishiga ruxsat berilganligi savol tug‘dirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish