08:20 / 30.07.2015
2875

Tom Kruz "Impossible Mission-6" filmining suratga olish ishlari boshlanganini ma'lum qildi

Gollivud aktyori Tom Kruz "Impossible Mission-6" filmining navbatdagi oltinchi qismida ham Itan Xant rolida chiqishi haqida e'lon qildi. Bu haqda Variety nashrida yozilgan.

"Biz filmning navbatdagi qismini suratga olish ishlarini boshlab yubordik. Keyingi yilning yozigacha jarayon yakunlanishi mo‘ljallangan", deydi aktyor.

Qayd etish joizki, amerikalik josus haqidagi bu filmlarning birinchisi 1996 yilda ishlangan va keyingi qismlar kamida 4 yil tanaffus bilan namoyish etib kelindi. Filmning beshinchi qismi namoyishi 23 iyul kunida Vena operasi vaqida o‘tkazilgandi. "Uddalab bo‘lmas topshiriq: Qadimgi qaroqchilar" ("Missiya nevypolnima: Plemya izgoyev") nomli ushbu filmda Tom Kruz, Alek Bolduin, Jyeremi Renner, Saymon Pegg va Rebekka Fergyuson kabi aktyorlar asosiy rollarni ijro etishgan.

Top