Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Issiqko‘l yo‘nalishida sayyohlik poyezdlari yo‘lga qo‘yiladi
Tez kunda Toshkentdan Baliqchi (Issiqko‘l) qatnovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
«Yaqin kunlar ichida Toshkent - Baliqchi (Issiqko‘l) -Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi sayyohlik poyezd yo‘nalishi ishga tushiriladi», — deyiladi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabarida.
Hozircha yo‘nalishning aynan qachon ochilishi borasida aniq ma'lumotlar berilmagan.
Ma'lumot uchun, Issiqko‘l MDHdagi eng ommabop dam olish maskanlaridan biri bo‘lib, Baliqchi shahri ushbu ko‘lning g‘arbiy sohilida joylashgan.