O‘zbekiston | 20:43 / 30.07.2015
1669
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston-Belarus kooperatsion birjasi bo‘lib o‘tadi

2015 yilning 22-25 sentabr kunlari Belarus ishbilarmon doiralari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ushbu safar Belarus savdo-sanoat palatasining Minsk bo‘limi va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Belarusning Toshkentdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Belaruslik tadbirkorlar belarus mahsulotlarini sotish bozorini kengaytirish, ishbilarmon hamkorlarni topish, investitsiyalar jalb qilish, o‘zaro manfaatli hamkorlikning turli shakllarini yo‘la qo‘yishni mo‘ljallashmoqda.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston va Belarus korxonalari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish maqsadida aloqa-kooperatsion birjasini o‘tkazish, Toshkentdagi turli korxonalarga tashrif buyurish, O‘zbekiston vazirliklari va boshqarmalari vakillari bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazish kabi tadbirlar o‘rin olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish