Jahon | 17:42 / 30.07.2015
3363
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada armiya bataloniga hujum uyushtirilishi oqibatida 3 nafar askar halok bo‘ldi

Turkiyada armiya bataloniga hujum uyushtirilishi oqibatida 3 nafar askar halok bo‘ldi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.

Hukumat vakilining aytishicha, hujum Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari tomonidan amalga oshirilgan.

Aniqlik kiritilishicha, Sirnak viloyatidagi batalon hujumga uchragan.

Ayni vaqtda hududga vertolyotlar va maxsus bo‘linmalar yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya hukumati Suriya va Iroq hududidagi kurdlarning bazalarini harbiy samolyotlaridan o‘qqa tutishda davom etmoqda. Mamlakat ichkarisida esa terrorchi tashkilotlarga qarshi aksilterror amaliyotlar olib borilmoqda.

Turkiya bosh vaziri bu harakatlar mamlakat tinchligi to‘la ta'minlanguniga qadar davom etishini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish