17:01 / 31.07.2015
4255

“Mistral”lar yetkazib berilmagani uchun Fransiya Rossiyaga necha pul to‘lashi aytildi

Fransiya Rossiyaga “Mistral” loyihasi vertolyot tashuvchi kemalarini yetkazib bermaganligi uchun 1.16 mlrd yevro to‘laydi. Bu haqda “Kommersant'” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, tovon puli bo‘yicha kelishuvga Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin va Fransiya mudofaa va milliy xavfsizlik vazirligi bosh kotibi Lui Gote o‘rtasidagi muzokaralar davomida erishilgan. Muzokaralar 2015 yil bahoridan buyon davom etgan.
Dastlab Parij 784.6 mln yevro to‘lashga rozi bo‘lgan, ammo Moskva barcha pullarni, aynan 1.16 mlrd yevroni qaytarishni talab qilgan. Bu summa tarkibiga 892.2 mln yevro miqdoridagi avans va badal puli kirgan.
Parij axiyri Rossiya talab qilgan pulni to‘liq qaytarishga rozi bo‘lgan. Shuningdek, u kemalarni demontaj qilish, u yerdan Rossiya uskunalarini olib chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni ham o‘z zimmasiga olgan.

Top