Texnologiya | 16:48 / 31.07.2015
5873
1 daqiqa o‘qiladi

1 avgust kuni mobil operatorlar internet va SMS xizmatlarini o‘chirib qo‘yadi

O‘zbekistonning mobil operatorlari 1 avgust kuni soat 8:30dan 13:30ga qadar internet va SMS xizmatlarining vaqtinchalik o‘chirib qo‘yilishini ma'lum qilinmoqda. Ayni paytda bu axborotni faqat Beeline kompaniyasi rasman tasdiqladi.
Har yili shu kuni, oliygohlarda kirish imtihonlari o‘tadigan paytda amalga oshiriladigan bu vaqtinchalik o‘chirishlar profilaktika ishlari bilan tushuntirilmoqda.
Shu bilan birga, ovozli aloqa uzilishlarsiz ishlashi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish