Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 avgust kuni Toshkent shahar transporti ish tartibini o‘zgartiradi
Ertaga, 1 avgust kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘li ertalab soat 5:00dan ishlay boshlaydi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar berdi.
Ish tartibining o‘zgarishi oliygohlarga kirish imtihonlarining o‘tkazilishi munosabati bilan yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi bilan bog‘liq. Bu haqdagi e'lonlar Toshkent metrosi bekatlariga osib chiqildi.
Chilonzor va O‘zbekiston yo‘llarida ish odatdagiday 5:00da boshlanadi.
Yer usti transporti o‘tgan yili 1 avgust kuni soat 6:00dan ish boshlagan edi. Shuningdek, oliygohlarga yondosh ayrim ko‘chalarda mashinalar qatnovi to‘xtatib qo‘yilgan edi.