Sport | 15:22 / 31.07.2015
3139
1 daqiqa o‘qiladi

2022 yilgi Qishki Olimpiada Pekinda o‘tkaziladi

2022 yilgi Qishki Olimpiadaga Xitoy poytaxti Pekin shahri mezbonlik qilishi ma'lum bo‘ldi. Bu qaror Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan 128-sessiyasi chog‘ida qabul qilindi.

Bu olimpiada mezbonligi uchun Pekin va Qozog‘istonning Olma-Ota shahri da'vogarlik qilayotgandi.

Shu tariqa, Xitoyda ilk marta Qishki Olimpiada o‘tkaziladi. 2008 yilda Pekin shahri Yozgi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgandi.

Pekin olimpiadasi 2022 yilning 4-20 fevral kunlari o‘tkaziladi.

Ushbu yig‘ilishda, shuningdek, 2020 yilgi o‘smirlar qishki Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi shahar nomi e'lon qilindi. Mazkur musobaqalar Shveytsariyaning Lozanna shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish