Jahon | 20:39 / 31.07.2015
5482
1 daqiqa o‘qiladi

31 iyulda sayyoramiz aholisi “ortiqcha” to‘linoyning guvohi bo‘ladilar

Bugun, 31 iyulda sayyoramiz aholisi bu oyda ikkinchi bor to‘linoyning guvohi bo‘ladilar.

Bu hodisa kamdan-kam uchraydi. Odatda, yil davomida 12 ta to‘linoy – har bir oyga bittadan to‘liq Oy kuzatiladi. Biroq ba'zi yillarda va jumladan bu yili to‘linoylar soni 13 ta bo‘ladi.

Qamariy oy 29,530589 yer sutkasi davom etib, fevraldan tashqari barcha yer oylariga nisbatan qisqa bo‘ladi. Bu nomuvofiqlik ba'zi yillarda “ortiqcha” – 13-to‘linoyning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish