Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Albaniyalik muxlislar YeL saralashi o‘yinida mehmonlar futbolchisini tosh bilan urishdi
30 iyul kuni Yevropa ligasi saralashi doirasida Albaniyada o‘tkazilgan o‘yin mezbon jamoa muxlislarining mehmon jamoa futbolchisiga tosh otishi natijasidan muddatidan oldin to‘xtatildi.
Bu voqea "Kukesi" jamoasi va Varshavaning "Legiya" jamoasi o‘rtasidagi o‘yinda ro‘y bergan.
Ma'lum qilinishicha, o‘yin 2:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘lib turganida, o‘yinning ikkinchi taymi vaqtida "Legiya" yarim himoyachisi Ondrey Duduning boshiga tribunadan otilgan tosh kelib tekkan. Shundan so‘ng, shifokorlar uni maydondan zambilda olib chiqib ketishgan.
O‘yin hakami esa bu holatda o‘yinni davom ettirmaslikka qaror qilgan.
"Ishonchimiz komilki, o‘yin qaytadan o‘tkazilmayda. "Kukesi"ga texnik mag‘lubiyat yoziladi", deyiladi varshavaliklar jamoasi tvitterida.