Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:44 / 31.07.2015
2960
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Fors ko‘rfazini harbiy nazoratdan xoli hudud sifatida qoldiradi
AQSh dengiz floti shu yilning kuzida Fors ko‘rfazidan barcha samolyot tashuvchi kemalarini olib chiqadi. Bu haqda Fox News nashriga AQSh Harbiy-dengiz floti admirali ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, AQSh ilk marta Fors ko‘rfazidan o‘z harbiy kuchlarini ortga chaqirib olmoqda.
Harbiy-dengiz floti vakilining so‘zlariga ko‘ra, hudud ustidan nazorat AQSh texnikani qaytargunicha ma'lum muddatga Fransiya avianosetsiga o‘tadi.