21:13 / 31.07.2015
4789

AQShda mamlakatdagi eng yomon qamohqona yopildi

AQShning Merilend shtati gubernatori Larri Xogan Baltimor shahar qamoqxonasi – korrupsiya mojarolari bilan nom chiqargan erkaklar tergov izolyatorining yopilishini e'lon qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Xoganning aytishicha, bu qamoqhona AQShdagi eng yomon qamoqhona hisoblanadi. “Mahbuslar tom ma'noda bu qamoqxonani boshqarardilar. Merilend soliq to‘lovchilari o‘zlari bilmagan holda jinoyatchilikni moliyalashtirganlar”, deb aytmoqda gubernator.

Bundan tashqari, Xogan sudda ishlari ko‘rilishini kutuvchi odamlar bu qamoqhonada g‘ayriinsoniy sharoitlarda saqlanganlarini ta'kidlamoqda. Xoganning aytishicha, mahbuslar va axloq-tuzatish muassasasining xodimlari boshqa qamoqhonalarga o‘tkaziladilar.

2013 yilda federal hukumat 44 nafar kishi, jumladan qamoqxonaning 27 nafar xodimiga qamoqxonada giyohvand moddalar sotish, pul yuvish va tovlamachilik bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhni tashkil etganlik ayblovini qo‘ygan.

Qamoqhona AQShdagi Fuqarolik urushidan (1861–1865 y.y.) oldin qurilgan va uzoq vaqt davomida xavfli deb hisoblangan. “Fuqarolar erkinliklari himoyasi Amerika ittifoqi” iyun oyida ushbu qamoqxonada mavjud bo‘lgan yomon sharoitlar va tibbiy ta'minotning yetarli emasligi tufayli mahbuslarning hayoti xavf ostida ekanligini qayd qilgan.

Top