09:18 / 31.07.2015
2426

Arturo Vidalning otasi giyohvand modda bilan qo‘lga tushdi

Chili terma jamoasi yetakchisi Arturo Vidalning otasi Erasmo Vidal o‘g‘lining “Bavariya”dagi taqdimotini politsiya uchastkasidagi televizor orqali kuzatdi.

Hodisa La Viktoriya shahrida yuz bergan. 54 yoshli Erasmo do‘stlari bilan sayr vaqtida cho‘ntagiga tamakini solar ekan, odatda giyohvand moddalar saqlanadigan paketni ko‘z-ko‘z qilib politsiya e'tiborini o‘ziga jalb qiladi.

Chililik futbolchining otasi o‘sha zahoti hibsga olinadi. Tintuv jarayonida esa uning yonidan uchta paketda kokain va ikki dona pichoq chiqqan.

Shunga qaramasdan, katta Vidal politsiya uchastkasida 4 soatdan ko‘p ushlab turilmagan. Chunki uning qonidagi giyohvand modda miqdori mamlakat qonunlarida ruxsat berilgan me'yordan ancha past ekani aniqlangan.

Top