16:53 / 31.07.2015
3742

Finlyandiya AQShdan sanksiyalar borasida tushuntirish talab qildi

Finlyandiya AQShdan yangi sanksiyalar ro‘yxatiga uning fuqarolari tushib qolganligi munosabati bilan tushuntirish talab qilmoqda. Bu haqda mamlakat parlamenti chet el bilan aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Antti Kaykkonenga tayangan holda Yle telekanali ma'lumot bermoqda.
“Mening fikrimcha, biz AQSh qanday asosda bizning fuqarolarimizni ushbu ro‘yxatga kiritganligi haqida tushuntirish olishimiz zarur. Axir sanktsion ro‘yxatga Finlyandiya fuqarolari tushib qoladigan vaziyat har doim ham bo‘lavermaydi”, – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga nisbatan AQSh tomonidan joriy qilingan yangi sanksiyalar doirasida ushbu ro‘yxatga Finlyandiya fuqarolari Kay Paananen, tijoratchi Boris Rotenbergning o‘g‘li Roman Rotenberg va bir qancha Finlyandiya kompaniyalari kiritildi.

Top