Sport | 13:12 / 31.07.2015
2106
1 daqiqa o‘qiladi

Jozep Bartomeu: Pedroni “Barsa”dan hech kim so‘ramadi

“Barselona” jamoasi prezidenti Jozep Bartomeu yarim himoyachi Pedro Rodrigezning ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Jamoa shakllantirildi, biz buni amalga oshirdik. Bu bizning murabbiyga kerak bo‘lgan tarkib. Biz birorta jamoani tark etishini mo‘ljallamayapmiz. Pedroning ketishi mumkinligi haqida ko‘p o‘qidim, lekin bu borada hali biror rasmiy murojaat bo‘lgani yo‘q”, – dedi u.
Ilgariroq Pedroga “Manchester Yunayted” va “Bavariya” qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish