Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:51 / 31.07.2015
3076
1 daqiqa o‘qiladi
Kreml Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida “Turk oqimi” bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida “Turk oqimi” bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Peskovning aytishicha, muzokaralar kuzda bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar o‘tkaziladigan joy va vaqt keyinroq kelishib olinadi.