Sport | 10:48 / 31.07.2015
2040
2 daqiqa o‘qiladi

Levandovski: "Men to‘purar bo‘lib, jamoa Bundesligada 2-o‘rinni olishiga qoniqmayman"

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski o‘zining “myunxenliklar” tarkibidagi ikkinchi mavsumi hamda Arturo Vidalning jamoaga kelib qo‘shilishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men hali o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni namoyish qilmadim. Men natijalarimni yaxshilashni xohlayman va buni amalga oshiraman, deb va'da beraman. Biroq bu ko‘p narsaga bog‘liq. Jamoaning barcha o‘yinchilari bor kuchini sarflashi kerak. Men eng yaxshi to‘purar bo‘lib, jamoa Bundesligada 2-o‘rinni olsa yoki Chempionlar ligasining 1/8 bosqichidan o‘ta olmaydigan bo‘lsa, bundan qoniqmayman.

Vidal haqida ko‘p narsa deya olmayman. Avvalambor, u jamoaga ko‘nikishi kerak. Unga qarshi emas, aksincha, bir jamoada o‘ynayotganimdan xursandman. Arturo, shubhasiz jamoa o‘yinini kuchaytiradi. U hujumda ham, himoyada ham kuchli o‘yin namoyish qila oladigan futbolchi”, – dedi Robert Levandovski. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish