16:22 / 31.07.2015
3098

Mirobodda 90 mln so‘mlik tillalarni o‘zlashtirib olgan er-xotin qallob qo‘lga olindi

Toshkentning Mirobod tumanida 90 mln so‘mlik tillalarni o‘zlashtirib olgan er-xotin qallob qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 1983 yili Ozarbayjonda tug‘ilgan Shametova Zarnigor Zulfiqor qizi turmush o‘rtog‘i Tursunboy Aliqulov bilan birgalikda tilla buyumlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan. Ammo ular ayrim mijozlardan tilla buyumlarni sotib berish bahonasida o‘zlashtirib, o‘zlashtirib yuborishgan. Jinoiy ish aynan mana shu jabrlanuvchilarning arizalariga ko‘ra ochildi.
Aniqlanishicha, er-xotin tillafurush Ofeliya Sadirovadan 12 mln, Xurshida To‘laganovadan 78 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini olib, qaytarib berishmagan. Jabrlanuvchilarning ko‘plab murojaatlariga turli bahonalar ko‘rsatib, yashirinb yurishgan.

Top