Texnologiya | 12:10 / 31.07.2015
5367
1 daqiqa o‘qiladi

NASA Yerga eng yaqin ekzosayyoraning ochilganligini tasdiqladi

Yerga eng yaqin tashqi sayyora Kassiopeya yulduzlar turkumi tarkibida aniqlandi. Bu haqda NASA kosmik agentligi ma'lumot bermoqda.
D 219134b sayyorasi Yerdan 21 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. NASA hisob-kitoblariga qaraganda, u Yerdan 1.6 yirikroq va 4.5 barobarga og‘irroqdir. Uning sathi issiq, ayrim joylari erigan. HD 219134bda tog‘lar va hatto vulqonlar bor.
Sayyora “Super Yer” toifasiga mansub. Unda yashash uchun sharoit yo‘q, lekin tadqiqot nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.
“Bunday sayyoralar nihoyatda muhim, negaki ularni sinchiklab o‘rgansa bo‘ladi. Yaqin o‘n yilliklar ichida ushbu ekzosayyora eng mashhur tadqiqot obektiga aylanadi”, – deydi loyiha ishtirokchisi Maykl Verner.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish