Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olma-ota shahri hokimi Ahmadjon Yesimov o‘zining ingliz tilidagi nutqi bilan xorijliklarni “hayratga soldi”
31 iyulda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 128-sessiyasida Olma-ota shahri hokimi Ahmadjon Yesimov tomoshabinlar oldida inglizchada tabrik nutqi so‘zladi.
Yesimovning nutqi 1,5 daqiqa davom etgan bo‘lsada, internet foydalanuvchilarining tabassumini uyg‘otishga sabab bo‘ldi. Ba'zilar Yesimovda kuchli aksent borligini aytgan bo‘lsalar, boshqalar uning umuman tushunsa bo‘ladigan gapirganini ta'kidlashdi. Shuningdek, rossiyalik foydalanuvchilar Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko bilan Yesimovning inglizchadagi talaffuzini solishtirib, Yesimovniki ancharoq yaxshi ekanligini tan olishdi.