09:08 / 31.07.2015
13009

O‘zbek aktrisasi ijtimoiy tarmoqlardagi moderatorlardan nolidi

Farzand kutayotgan o‘zbekistonlik aktrisa Muqaddas Sa'dullayeva o‘zining Instagramida surat joylashtirdi va izoh sifatida o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar moderatorlaridan qattiq xafa ekanini ma'lum qildi.

"Darakchi" gazetasi aktrisaga vaziyat yuzasidan murojaat qilganida u shuni ta'kidlagan.

"Ijtimoiy tarmoqlarda “Mashhur yulduzlar oilasi” nomli sahifa bor. Mazkur sahifani yurituvchi noma'lum shaxslar men kabi qanchadan-qancha san'atkorlarning shaxsiy hayotiga burnini suqib, oilaviy muammolarni keltirib chiqarishyapti. Turmush o‘rtog‘im bilan suratimni mazkur sahifaga joylab, odamlar g‘iybat qilishi, turli bo‘hton gaplarni aytishi uchun sharoit yaratib berishyapti. Ularga Xudodan insof so‘rayman!", deydi Muqaddas Sa'dullayeva.

Top