Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Medvedev "Pole Chudes" boshlovchisini 70 yillik yubileyi bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev teleboshlovchi, aktyor, shoumen, prodyuser hamda Rossiya xalq arristi hisoblanadigan Leonid Yakubovichni 70 yillik yubileyi bilan tabriklashdi. Prezidentning tabrigi matni Kreml saytiga joylashtirilgan.
Unda Rossiya prezidenti yubilyarga millionlab ruslar nomidan tabrik aytadi.
"Siz kasbiy faoliyatda ulkan muvaffaqiyat qozondingiz. Sizni barcha ulkan ijodiy potensialini hayotga tadbiq eta olgan, ko‘plab ijodiy loyihalar muallifi hamda mahoratli teleboshlovchi sifatida biladi", deydi Putin.
"Sizdek afsonaviy teleboshlovchi, yuzlab hikoya va monologlar muallifiga, millionlab odamlar taniydigan va sevadigan insonga tabriklarim bo‘lsin. Sizning bunday yutuqlarga erishishingiz manbai bo‘lgan favqulodda iste'dodingiz, har qanday efirni bayramona qilib yuboradigan mahoratingiz zavol topmasin", deb o‘z tabrigini telegram orqali yo‘lladi Medvedev.
Ma'lumot uchun, 1991 yildan buyon "Birinchi kanal" orqali efir yuzini ko‘rib keladigan "Pole Chudes" muallifi Leonid Yakubovich 31 iyul kuni 70 yoshini nishonlaydi.