16:46 / 31.07.2015
6081

Qodirov: Turkiya va arab davlatlari Rossiyani sotmaydi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Turkiya va arab davlatlari Rossiya va, xususan, Checheniston bilan yaxshi aloqalarda ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
“Biz arab davlatlari va Turkiya bilan aloqa qilishni ma'qul ko‘ramiz. Ular Rossiyani sotmagan va sotmaydi”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Qodirovning so‘zlariga qaraganda, Checheniston Yevropa davlatlari joriy qilgan sanksiyalardan jiddiy zarar ko‘rgani yo‘q.

Top