Sport | 10:07 / 31.07.2015
2283
1 daqiqa o‘qiladi

Rafael Benites: "Yangi sotib olinadigan futbolchi hozirgi tarkibdagi o‘yinchidan kuchli bo‘lishi kerak"

“Real Madrid” bosh murabbiyi Rafael Benites kelayotgan mavsumda jamoa tarkibiga yangi futbolchi kelib qo‘shilishi mumkinligini rad etmadi. Biroq u yangi sotib olinadigan futbolchi hozirda jamoa tarkibidagi o‘yinchilardan kuchliroq bo‘lishi kerak ekanini ma'lum qildi.

“Men hozir faqat o‘z ustimizda ishlashimizning tarafdoriman. O‘z navbati bilan barcha savollarga javob topamiz. Bizda yaxshi jamoa bor. Shunday bo‘lsa-da, biz yangi o‘yinchini ham qabul qilishga tayyormiz. Biroq u hozirgi tarkibdagi o‘yinchilardan kuchli bo‘lishi kerak. Jamoa rahbarlari bilan bu haqdagi suhbatimiz ommaviy muhokama qilinmaydi”, – dedi Benites.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish