O‘zbekiston | 12:35 / 31.07.2015
1839
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 13 mamlakat televideniye va radio xodimlarining forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Osiyo-Tinch okeani Uzatish ittifoqi forumi (ABU 2015 Tashkent Forum) bo‘lib o‘tdi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad mintaqada teleradiouzatish sohasida hamkorlik o‘rnatishdir.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining ma'lum qilishicha, tadbirda 13 mamlakat televideniyesi va radiosining 26 nafar vakili ishtirok etdi. Tadbir davomida madaniy muloqot, malaka almashish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, sohaga yuqori texnologiyalarni joriy qilish, raqamli televideniyega o‘tish jarayonini tezlashtirish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Ikki kun davomida telemahsulotlar yaratish hamda ularni mamlakatlararo almashish masalasiga bag‘ishlangan bir qator taqdimotlar ko‘rildi. Bundan tashqari, mehmonlar uchun Toshkent shahri bo‘yicha sayohat uyushtirildi. Ular O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga tashrif buyurishdi. Ular uchun teleradiokompaniya faoliyati haqida taqdimot namoyish etib berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish