17:04 / 31.07.2015
3721

Toshkentning Oqqo‘rg‘onida ot toychog‘i bilan o‘g‘irlab ketildi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Jonuzoq Xursandovga tegishli 4 yoshli chopag‘on baytal va uning toychog‘i o‘g‘irlab ketildi. IIV matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, jonivorlar dalada boylab qo‘yilgan va qarovsiz qolib ketgan.
Shundan so‘ng ularning egasi tegishli idoraga murojaat qildi. IIB tergov bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Shavkatjon Akramov boshchiligidagi tezkor tergov guruhi olib borgan ishlar davomida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan to‘rt kishi so‘roq qilindi. Ma'lum bo‘lishicha, ular baytalning ko‘pkaridagi ishtirokini ko‘rib, mast holda uni o‘g‘irlashga va qimmatga sotishga kelishib olishgan. Otlar iz qoldirmasligi uchun ularning tuyoqlariga mato bog‘langan.
Otlar egalariga qaytarilib, jinoyatchilar sudga tortildi.

Top