Jamiyat | 18:39 / 31.07.2015
5108
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi yilni nishonlamaslikka chaqirganlikda ayblangan urallik musulmon qiz jazodan qutila olmadi

Sverdlovsk viloyati sudi Ural shahar sudi tomonidan diniy nizo qo‘zg‘ashda ayblangan Elvira Sultonahmedovaga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda Sultonahmedovaning advokati Roman Kachanov "Gazeta.Ru" nashriga ma'lum qilgan.

Tergov xuloasasiga ko‘ra, Sultonahmedova 2013 yilning dekabr oyi oxirida ijtimoiy tarmoq orqali musulmonlarga murojaat qilib, Yangi yilni va musulmonlarniki bo‘lmagan barcha bayramlarni nishonlamaslikka chaqirgan.

23 yoshli ushbu qiz o‘ziga qo‘yilgan diniy adovat qo‘zg‘ash bo‘yicha (Rossiya Jinoyat Kodeksining 282 moddasi, 1 qismi) aybdor deb topilgan va 120 soatlik majburiy mehnatga hukm qilingan.

"Elvira tergovda ham, sud jarayonida ham o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmadi. U hatto ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan so‘zlarga aloqador emasdi", deydi uning advokati.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish