13:19 / 01.08.2015
3702

Aleksandr Geynrix raqibini tepgani uchun uzoq muddatga chetlatilishi mumkin

Qozog‘istonning "Ordabasi" klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix uchta o‘yinda diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, deb yozmoqda UFF.uz. 

Qozog‘iston chempionatining 22 turida "Irtish"ga qarshi kechgan bahsning 87 daqiqasida Aleksandr Geynrix raqibi Karlush Fonsekini tepgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra o‘yinga qadar, o‘yin vaqtida va o‘yindan so‘ng raqib futbolchisi yoki uchrashuvning rasmiy xodimi bo‘lmagan boshqa insonga zarba berish yo zarba berishga urinish uchun uchta o‘yinga maydondan chetlatish ko‘zda tutilgan.

Agarda Aleksandr Geynrix uchta o‘yinda diskvalifikatsiya qilinadigan bo‘lsa, 20 sentabrga qadar maydonga tusha olmaydi. Qozog‘iston chempionatining 26 turi aynan shu kuni bo‘lib o‘tadi.

Top