Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh josuslik xizmati "Tolibon" rahbari mulla Umarning o‘limini tasdiqladi
AQSh razvedka xizmati "Tolibon" jangarilari rahbari mulla Umarning o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga asoslangan holda Reyter nashri xabar berdi.
Shu haqdagi bayonotda aytilishicha, uning o‘limi tafsilotlari mavhumligicha qolmoqda.
Oq uy mulla Umarning o‘limi Afg‘onistonda xavfsizlikning ta'minlanishi uchun jangarilarga qarshi olib borilayotgan kurashda qo‘l kelishini ta'kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, mulla Umarning o‘lgani haqida dastlab 29 iyul kuni Pokistondagi nashrlar xabar tarqatdi.
Biroz o‘tib, Afg‘oniston hukumati uning 2 yil oldinroq yo‘q qilingani haqida xabar berdi.