17:47 / 01.08.2015
5782

AQSh Xitoyga qarshi javob kiberhujumini berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

AQSh prezidenti Baraka Obama ma'muriyati Vashington tomonidan amerikaliklarga tegishli shaxsiy ma'lumotlarni buzib kirib, ularni o‘g‘irlaganlikda ayblayotgan Xitoyga qarshi javob kiberhujumini berish kerak, deb hisoblamoqda. Bu haqda New York Times nashri xabar bergan.

Avvalroq kiberbosqinchilar qo‘liga xodimlar idorasi vazifasini o‘taydigan AQSh ma'muriyati reja-ma'muriy boshqarmasida saqlangan 4 mln amerikalik haqidagi ma'lumotlar tushgani ma'lum bo‘lgandi. Bir qator AQSh OAVlari AQSh hukumati vakillariga iqtibos keltirgan holda hujumni xitoylik xakerlar amalga oshirganini ma'lum qilgan.

Joriy yilning may oyida Xitoydagi IP-adreslardan so‘rovlarning ko‘paygani qayd qilingan. DOS-hujum oqibatida AQSh armiyasining sayti vaqtinchalik ishlamay qolgan. Vashingtondagi rasmiy shaxslar kiberhujum oqibatida qo‘lga kiritilgan ma'lumotlar AQShning Xitoydagi josuslik tarmog‘ining oshkor qilinishiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirishgan.

AQSh prezidenti ma'muriyati hukumat serverlariga buzib kirishlar xavfi miqyosini baholab, Xitoyga qarshi javob kiberhujumini o‘tkazishga qaror qildi. Barak Obama josuslikning an'anaviy usullari jadallik bilan o‘z samaradorligini yo‘qotayotgani haqidagi qarorga kelib, razvedka boshqarmasiga yangi bosqich – kiberhujumlarga o‘tish kerakligini uqdirmoqda.

“Biz raqiblarimiz kiberhududda amalga oshirayotgan ishlarini to‘xtatishimiz va ularni ushlab turishimiz lozim va bu siz javob berish uchun barcha usullardan foydalanishingiz kerakligini anglatadi”, deb aytdi vaziyatdan xabardor bo‘lgan yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslardan biri.

Natijada Oq uy Xitoyning axborot hududini himoya qiluvchi “Buyuk Xitoy fayrvoli”ga hujum qilish variantlarini ishlab chiqishni boshladi. O‘z navbatida, Xitoyda AQSh maxsus xizmatlarining ayblovlari asossiz ekanligi ta'kidlanmoqda.

Top