Sport | 17:04 / 01.08.2015
2633
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin Gshtaadda bosh mukofot uchun kortga chiqadi

Shveytsariyaning Gshtaad shahrida tennis bo‘yicha “Suisse Open Gstaad” turniri o‘z yakuniga yetib bormoqda. Yakkalikning ikkinchi davrasida portugaliyalik Joao Souzaga uch set natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy bergan Istomin juftlik bahsida finalga chiqdi. Bu haqda olamsport.uz xabar berdi.

Belaruslik sherigi Aleksandr Buriy bilan bahslarga kirishgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi yarim finalda avstriyalik tennischilar – Yulian Noul va Filipp Osvaldni 6:4, 3:6, tay-brekda 10:3 hisobida dog‘da qoldirishdi.

Endi ertaga o‘tkaziladigan final bahsida ular avstriyalik Oliver Marax va pokistonlik Aysam-ul-Haq Qureyshi juftligiga qarshi kortiga chiqishadi. Oliver va Aysam yarim finalda ispaniyalik raqiblari – Marsel Granolers hamda Mark Lopesdan 6:3, 4:6, tay-brekda 10:6 hisobida ustun kelishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish