09:56 / 01.08.2015
3596

Jaloluddin Haqqoniy 1 yil avval o‘ldirilgani ma'lum bo‘ldi

Afg‘onistondagi terrorchi tashkilotlardan biri "Haqqoniy tarmog‘i" asoschisi Jaloluddin Haqqoniy 2014 yilda halok bo‘lgan va Afg‘onistondagi Xost viloyati hududiga dafn etilgan. Bu haqda "Dawn" gazetasi o‘zining "Tolibon"dagi ishonchli manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Jaloluddin Haqqoniy asosli sababga ko‘ra o‘limga mahkum qilingan. Keyingi 1 yil davomida guruhni uning o‘g‘li boshqarib kelmoqda.

Qayd etish joizki, Haqqoniyning o‘limi haqida ma'lumot mulla Umarning 2 yil oldin o‘ldirilgani haqida xabarlar tasdiqlanganidan keyin yuzaga chiqdi.

Top