Jahon | 08:35 / 01.08.2015
1652
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada samolyot qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Kolumbiya harbiy-havo kuchlariga tegishli harbiy-transport samolyoti 31 iyul kuni Sesar departamentida falokatga uchradi. Samolyot bortidagi 12 harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Shu munosabat bilan Kolumbiya prezidenti halok bo‘lganlar oilalariga ta'ziya bildirdi.

Guvohlarning ta'kidlashicha, samolyot havoda yonib ketib, uch qismga bo‘linib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish