17:37 / 01.08.2015
3642

Okeanda 2 oydan ortiq vaqt qolib ketgan iPhone o‘z egasiga qaytarildi

2 oy oldin Tinch okeanining Santa-Kruz shahri yaqinidagi qirg‘og‘ida suvga tushib yo‘qolgan iPhone o‘z egasiga soz holda qaytarildi. Bu haqda Mashable xabar bergan.

Smartfonning egasi bo‘lgan sportchi o‘z do‘stiga smartfon yo‘qolgan hudud haqida ma'lumot bergach, akvalang yordamida yo‘qolgan buyum topiladi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2 oyu 2 kun suvda yotgan apparat maxsus himoya g‘ilofi orqali o‘z holatini yaxshi saqlab qolgan.

Top