Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-de-Janeyrodagi Yozgi Olimpiada mash'alasi 2016 yilning 21 aprelida yoqiladi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 128-sessiyasi davomida 2016 yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasi mash'alasi 2016 yilning 21 aprel kunida Gretsiyadagi Olimpiya qishlog‘ida o‘t oldirilishi haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda "Rio-2016" bo‘yicha tuzilgan tashkiliy guruh rahbari Mario Andrada ma'lum qilgan.
Olimpiya mash'alasi Braziliyaga 3 may kuni yetib borishi aytilgan. Shundan keyin 100 kun davomida mash'ala dunyoning 83 shahrini kezib chiqadi. Mash'alani olib yurish estafetasida 12 ming sportchi ishtirok etadi.
Estafeta davomida aholi yashaydigan 500dan ortiq punktlardan o‘tiladi. Tashkilotchilarning hisoblariga ko‘ra, bu orqali mash'ala olib o‘tilgan davlatlardagi aholining 90 foizi uni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Olimpiada ramzi yerda 20 ming km, havoda esa 16 ming km masofani bosib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, Rio-de-Janeyroda Yozgi Olimpiada 2016 yilning 5 avgustidan 21 avgustigacha bo‘lgan kunlarda o‘tkaziladi.