16:57 / 01.08.2015
2244

WikiLeaks MXA Yaponiya rasmiylari va kompaniyalari ortidan josuslik qilgani haqida xabar berdi

WikiLeaks saytida AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) Yaponiyadagi rasmiy shaxslar va kompaniyalarning rahbarlari ortidan kuzatuv olib borgani haqidagi ma'lumotlar joylashtirildi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Hisobotda ma'lum qilinishicha, bu kuzatishlar orqali 2007 yildan 2009 yilgacha Yaponiyaning xalqaro savdo va global iqlim o‘zgarishiga bo‘lgan munosabati o‘rganilgan.

Yaponiya hukumati hozircha mazkur axborotga hech qanday munosabat bildirmadi.

Yaponiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ayni damda AQSh bilan shu masalaga izoh olish uchun aloqa o‘rnatilgan.

Top