22:59 / 02.08.2015
2014

“Arsenal” Angliya Superkubogi sohibi bo‘ldi

Angliyaning amaldagi chempioni “Chelsi” va Angliya kubogi sohibi “Arsenal” o‘rtasidagi Angliya Superkubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuv “kanonirlar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Arsen Venger shogirdlari 2 avgustda “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni 1:0 hisobida yutdilar.

Uchrashuvdagi yagona golni 24-daqiqada Aleks Oksleyd-Chemberlen jamoadoshi Teo Uolkottning uzatmasidan keyin Tibo Kurtua qo‘riqlayotgan darvozaning tepa burchagiga kiritdi.

Bu g‘alaba Arsen Venger boshchiligidagi “Arsenal” uchun Joze Mourinyu “Chelsi”ga murabbiylik qilgan davrdagi birinchi g‘alaba bo‘ldi. Ushbu mutaxassislar boshchiligida jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan avvalgi 13 o‘yin yoki durang, yoki portugaliyalik mutaxassisning shogirdlari g‘alabasi bilan yakunlangan. Bundan tashqari, “Arsenal” futbolchilari “Chelsi” darvozasini 500 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida ishg‘ol eta olmayotgan edilar.

Angliya Superkubogi.
Arsenal (London) – Chelsi (London) – 1:0
Gollar: Oksleyd-Chemberlen, 24 (1:0).
Ogohlantirishlar: Koklen, 67 – Aspilikueta, 65.

Top