05:28 / 02.08.2015
1873

“Marsel” o‘rtoqlik uchrashuvida “Yuventus”ni mag‘lub etdi

“Marsel” o‘rtoqlik uchrashuvida “Yuventus”ni mag‘lub etdi. Uchrashuv Marseldagi “Velodrom”stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:0 hisobi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida Romen Alessandrini hisobni ochdi. 1-taym oxirida mehmonlar kamchilikda qolishdi – turinliklarning shveysariyalik himoyachisi Shtefan Lixtshtayner qizil kartochka oldi. O‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda Abdulaziz Barrada hisobni 2:0 ga yetkazdi.

O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra “Yuventus” Italiya chempionatini yutgan, “Marsel” esa Fransiyaning 1-ligasida 4-o‘rinni egallagan.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Marsel (Marsel, Fransiya) – Yuventus (Turin, Italiya) – 2:0
Gollar: Alessandrini, 35 (1:0); Barrada, 84 (2:0).
Ogohlantirishlar: Lemina, 21; Sparanya, 62; Ja Jyejye, 67 – Koman, 87.
Chetlatish: Lixtshtayner, 45.

Top