Jahon | 03:42 / 02.08.2015
2041
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidenti Barak Obama 54 yoshini golf maydonida nishonlashni boshladi

4 avgustda 54 yoshni qarshilaydigan AQSh prezidenti Barak Obama an'anaga ko‘ra o‘zining tug‘ilgan kunini avvalroq nishonlashni boshladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Qayd etilishicha, Obama 1 avgust kuni o‘zining bolalikdagi uchta do‘sti bilan Merilend shtatida joylashgan AQSh dengiz aviatsiyasining Endryus bazasiga yetib keldi va u yerda golf o‘ynadi.

So‘ngra xursandchilik prezidentning Kemp-Deviddagi shahar tashqarisidagi qarorgohida davom etdi.

Obama Oq uyga 2 avgust kuni ertalab yetib kelishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish