Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:14 / 02.08.2015
5808
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh va uning ittifoqchilari “IShID” pozitsiyalariga 30ta aviazarba berdi
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya “IShID” terrorchilik tashkilotining Iroq va Suriyadagi pozitsiyalariga 30ta aviazarba berdi.
Qayd etilishicha, 19ta zarba Iroqda, 11ta zarba Suriyada berilgan. Bu haqda AQSh harbiylari ma'lum qildi.
“IShID”ning Mosul, Ramadi va Sinjardagi pozitsiyalari raketalar hujumiga uchradi.
1 avgustda Kanada hukumati Iroqqa “IShID” bilan kurashishida yordam sifatida 6,4 mln dollar ajratishi ma'lum qilindi.