Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:35 / 02.08.2015
2939
1 daqiqa o‘qiladi
BAAda terrorchilikka daxldorlikda gumon qilinayotgan 41 kishi qo‘lga olindi
Birlashgan arab amirliklari bosh prokuraturasi terrorchilik guruhiga a'zolikda gumon qilinayotgan 41 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda WAM agentligi xabar bermoqda.
Bosh prokuror Salim Said Qubayshning so‘zlariga qaraganda, qo‘lga olinganlar o‘z guruhlariga asos solib, mamlakat bo‘ylab qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirishni rejalashtirgan. Shuningdek, ular amaldagi hukumatni ag‘darib, xalifat o‘rnatmoqchi ekanligi taxmin qilinmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish